Superliga-2023. Shiddatli Toshkent viloyati derbisi va janjallarga boy Bunyodkor – Nasaf bahsi

6-turda Metallurg hamda OKMK o‘rtasidagi bahs toza o‘yin vaqti bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Qizil kartochka va VAR aralashuviga qaramasdan darvozalar tomon jami 24 bor zarba yo‘llangani ham Toshkent viloyati derbisi shiddatli o‘tganini tasdiqlaydi.

Bunyodkor va Nasaf jamoalari to‘qnash kelgan markaziy bellashuvda esa turdagi eng past natija qayd etilgan. Ikki qizil kartochka va bir penalti belgilangan uchrashuvning 17 daqiqasi maydondagi kelishmovchiliklar va jarohatlar sababli yo‘qotilgan.

Bu boradagi ikkinchi yomon ko‘rsatkich esa Vodiy derbisiga to‘g‘ri keladi. Akobirxo‘ja Shukurullayev boshqargan ushbu qarama-qarshilikda 128 bor to‘xtalishlar yuz bergan. Navbahor futbolchilarining jarohat olishlari natijasida esa umumiy 7 daqiqa vaqt yo‘qotilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb