5-turda Paxtakor – Qizilqum bahsi toza o‘yin vaqti bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Shavkat Nasibullayev boshqarib borgan Paxtakor – Qizilqum bellashuvida to‘xtalishlar 74 tani tashkil qildi. Bu esa foizlarda ushbu uchrashuv toza o‘yin vaqti masalasida yaxshiroq natija qayd etishiga zamin yaratgan.
Shuningdek, So‘g‘diyona – Metallurg uchrashuvi ham toza o‘yin vaqti bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘ldi. Har ikkala jamoa bosh murabbiylari debyut bahsida ijobiy natijaga erishishga intilgan va bellashuv ochiq tarzda o‘tib, 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.
OKMK hamda Navbahor o‘rtasidagi markaziy bellashuvda esa turdagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Futbolchilarning jarohati sabab 6:25 daqiqa, VARga murojaat etilishi natijasida esa 4 daqiqa vaqt yo‘qotilgan.