Coca-Cola va Liga hamkorligi keyingi ikki yilda ham davom etadi

Liga hamda Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD hamkorligi 2024 hamda 2025-yilgi mavsumlarda ham davom etadi. Tomonlar ikki yilga mo‘ljallangan yangi kelishuvga erishdi. 

Biz Coca-Cola brendi bilan 2019-yilgi mavsumdan buyon hamkorlik qilib kelamiz. So‘nggi besh mavsum davomida Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD Liganing ikki asosiy musobaqasiga homiylik qildi. Endilikda kompaniya nafaqat professional futbol, balki shu orqali ommaviy futbol rivojiga ham hissa qo‘shishni niyat qilgan. Buning fonida havaskorlar o‘rtasida ham qator musobaqalar tashkil etiladi. Shuningdek, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD O‘zbekiston kubogi musobaqasining titul homiysi bo‘lishda davom etadi. 

Coca-Cola bilan hamkorlikda O‘zbekiston kubogi Liga tomonidan yangi bosqichga olib chiqildi. Aynan shu hamkorlik samarasi o‘laroq, O‘zbekiston kubogining final uchrashuvlari mezboni 2020-yildan boshlab shaffof qur’a orqali aniqlab kelinmoqda. O‘z navbatida final uchrashuvlari viloyatlarda yuqori kayfiyat va bayramona ruhda o‘tkazib kelinmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb