So‘g‘diyona klubi Islomjon Qobilovni o‘z safiga qo‘shib oldi. So‘nggi uch mavsumni Lokomotiv safida o‘tkazgan Qobilov jizzaxliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Sardor Qulmatov Malayziyadagi bir yillik faoliyatidan so‘ng yana bo‘rilar safiga qaytdi. 29 yoshli futbolchi ham So‘g‘diyona bilan bir yillik kelishuvga erishdi.