Liga 16-yanvar kungi qo‘mita yig‘ilishini 24 soatga kechiktirishni so‘radi

16-yanvar kuni O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi ma’lum qilingandi. Liga mazkur yig‘ilishni bir kunga kechiktirishni so‘radi. 

O‘FA talabi bilan professional futbol klublaridan ish haqi bo‘yicha 2023-yilgi qarzdorlikni joriy yilning 10-yanvar sanasiga qadar bartaraf etish so‘ralgandi. Qaysi klub mazkur talabni to‘liq, kim qisman va yana kim umuman bajara olmagani bir necha daqiqalardan keyin ochiqlanadi. Bunda har bir klubni tahlil qilish ma’lum vaqtni talab qilayotganidan kelib chiqib, Liga hozirga qadar asosan Superliga klublari bo‘yicha ma’lumotni qisman tayyorladi va aytib o‘tilganidek, bu haqda xabar beriladi. Ayni vaqtda esa Proliga jamoalari bilan ishlash davom etmoqda. 

Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan Liga katta hajmda ish bajarayotgani va har bir klub bilan alohida ishlash ma’lum qiyinchiliklarni vujudga keltirayotganidan kelib chiqib, futbol jamoatchiligi mazkur vaziyatni to‘g‘ri tushunishidan umidvormiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb