Qatorasiga ikkinchi turki Olimpik ishtirokidagi bahs toza o‘yin vaqti bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Gʻayrat Jo‘rayev boshqarib borgan Olimpik – Andijon bellashuvida to‘xtalishlar 87 tani tashkil qildi. Bu esa foizlarda ushbu uchrashuv toza o‘yin vaqti masalasida yaxshiroq natija qayd etishiga zamin yaratgan.
Bekobodda kechgan va Firdavs Norsafarov boshqarib borgan Metallurg – Paxtakor uchrashuvida esa turdagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bahs davomida uch bor penalti belgilangan va ikki marta VARga murojaat etilgan.
Bu borada ikkinchi eng yomon ko‘rsatkich Surxon – Buxoro qarama-qarshiligi bo‘ldi. Shavkat Nasibullayev hakamlik qilgan o‘yinda 121 marta to‘xtalishlar yuz bergan va natijada bellashuvning 53 foiz qismi faol kurashsiz o‘tgan.