16-yanvar kuni O‘FA qo‘mitasi ayrim klublarga sanksiya qo‘llash masalasida yig‘iladi

O‘FA o‘tgan yilning 25-dekabr sanasida professional futbol klublariga xat yo‘llagan bo‘lib, unda futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorlik 2024-yilning 10-yanvariga qadar bartaraf etilishi va asoslantiruvchi ma’lumot taqdim etilishini so‘ragandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 261-son qaroriga ko‘ra professional futbol klublari yillik harajatlar smetasini FIFA va OFK talablaridan kelib chiqib, O‘FA bilan kelishgan holda tasdiqlashi lozim. O‘FA so‘nggi ikki mavsumdan buyon mazkur qaror ijrosini ta’minlab kelmoqda. Shunga qaramay, ayrim futbol klublari smeta doirasidan chetga chiqishi oqibatida, bolalar va ayollar futboli, infratuzilmani saqlash va rivojlantirish hamda shu qatori boshqa zarur masalalar oqsamoqda. 

16-yanvar kuni O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita hamda yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan O‘FA komissiyasi qo‘shma yig‘ilish o‘tkazadi. Mazkur yig‘ilishda O‘FA tomonidan qo‘yilgan talab ijrosini bajarmagan futbol klublariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalasi muhokama qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb