Shavkat Salomov Buxoro bosh direktori sifatida ishlaydi

“Buxoro professional futbol klubi” MChJ Yagona ta’sischisi 2024-yil 09-yanvar kuni klub bosh direktoriga oid qaror qabul qildi. 

O‘tgan yilning 23-noyabr kuni Yagona ta’sischi o‘z qarori bilan Qodirov O‘tkir Olimovichni bosh direktor lavozimidan ozod qilgandi. Endilikda mazkur lavozim Salomov Shavkat Rasulovichga ishonib topshirildi.

Sobiq futbolchi Shavkat Salomovning so‘nggi jamoasi Jizzaxning So‘g‘diyona klubi bo‘lib, uning safida 2022-yilgi mavsumda maydonga tushgandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb