Liga 8 oy davomida oyning eng yaxshilarini o‘ziga xos uslubda aniqlab keldi. Ovoz berish jarayonida 18 nafar mustaqil ekspertlar ishtirok etdi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlandi.
Unga ko‘ra, Andijon hujumchisi Rubin Hebay Coca-Cola Superligada yil futbolchisi deb topildi. Burgutlar forvardi iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilishi bilan birga may hamda oktyabr oyida ham nomzodlar orasidan o‘rin olgan edi va yakunda 92 ochko to‘plagan holda yil futbolchisi deb topildi.
Coca-Cola Superliga. Yil futbolchisi
Rubin Hebay (Andijon) – 92 ochko
Zabihillo O‘rinboyev (Metallurg) – 81 ochko
Islom Kenjaboyev (Qizilqum) – 71 ochko.