Neftchi klubi uch futbolchini Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. O‘tgan mavsum Navbahor hamda Buxoro jamoasi sharafini himoya qilgan Shohruz Norxonov farg‘onaliklar bilan bir yillik kelishuvga erishdi.
Lokomotiv vingeri Sanjar Qodirqulov ham Neftchi bilan 2024-yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Tojikistonlik Manuchexr Safarov esa vodiyliklar bilan ikki yillik bitim imzoladi.