Lokomotiv klubi 4 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘tgan mavsum Andijon jamoasi sharafini himoya qilgan Sardor Abdunabiyev temiryo‘lchilar bilan ikki yillik kelishuvga erishdi.
OKMK jamoasining tajribali futbolchilari Anzur Ismoilov hamda Sanjar Tursunov yangi mavsumda Loko sharafini himoya qiladi. Ular jamoa bilan yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
Shuningdek, Turon vingeri Abdulazizxon Abdurashidov ham 2024-yilda toshkentliklar safida to‘p tepadi. 24 yoshli futbolchi jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.