Superliga-2023. 3-turda Paxtakor va Navbahor ehtiyotkor, Turon yana o‘sha-o‘sha

3-turga kelib uchrashuvni cho‘zishdan manfaatdor bo‘lgan klublar ancha ajralib qolmoqda. Avvalgi ikki tur bilan solishtirib, bunga guvoh bo‘lish mumkin. 

Superliga-2023. Ilk turda toza o‘yin vaqti qancha edi?

Superliga-2023. Toza o‘yin vaqti va 2-tur

Turning markaziy o‘yinida Paxtakor va Navbahor to‘qnash keldi. Ammo o‘yin juda ehtiyotkorlik bilan kechdi. Shu sababli toza o‘yin vaqti masalasi avvalgi turdagi Neftchi — Paxtakor o‘yinidan deyarli 13 daqiqa kamroq bo‘ldi. Shunga qaramay, bellashuv kutilgan shiddatni taqdim etib bera oldi. Faqatgina jamoalar to‘pni ushlab turishdan ko‘ra ko‘proq, har qanday xavfdan uzoqda bo‘lishni ma’qulroq ko‘rishdi. To‘pning maydon tashqarisiga juda ko‘p chiqib ketishi o‘yin vaqtiga ta’sir ko‘rsatdi. 

Turon 2-turda Nasaf bilan o‘yinda vaqtni cho‘zish uchun qancha urinmasin, oxirida baribir maqsadiga yeta olmagani haqida yozgandik. Baxtiyor Ashurmatov jamoasi 3-turda ham shunday yo‘l tutdi — natija o‘xshash. 89-daqiqaga qadar hisobda oldinda borgan Turon, yakunda baribir gol o‘tkazib yubordi. 

Surxonga qarshi toza o‘yin vaqti deyarli bir taymga teng. Butun o‘yin davomida Turon to‘p bilan 17:54 daqiqa harakat qildi. To‘pni o‘yinga kiritish uchun esa 25:54 daqiqa vaqt sarfladi. Ya’ni, futbol o‘ynashdan ko‘ra ko‘proq, vaqtni “o‘ldirish” ustunlik qilayotgan jamoa. Natija ham hozircha shunga yarasha. 

Bu borada Metallurg haqida ham to‘xtalib ketmasa bo‘lmaydi. Luisma Ernandes boshqarib borgan jamoa 3-turda ham toza o‘yin vaqti maqtashga arzigulik bo‘lmagan zonaga tushib qolgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb