Superliga-2023. Medallar uchun kurashgan 5 jamoa o‘zaro o‘yinlarda qanday ko‘rindi?

Suparliga-2023 davomida medallar uchun so‘nggi turga qadar kurash olib borgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari qanday kechgandi? Ya’ni, ularning qolgan jamoalarga qarshi o‘yinlari ayirib tashlansa, musobaqa jadvali qanday ko‘rinishda bo‘lardi?  

Mana shu 5 jamoa ishtirokidagi markaziy o‘yinlarning o‘zinigina ajratib olsak, Nasaf va Neftchi hammadan ko‘proq ochko jamg‘ara olganini ko‘rish mumkin. O‘zaro o‘yinlarda ham, to‘plar farqiga ko‘ra ham ustunlik Nasaf foydasiga.

Nasaf mana shu jadvalda qayd etilgan har bir raqibiga qarshi umumiy 2 ta o‘yin fonida olib qaralsa, ularning hech birida raqibidan ortda qolmagan yagona jamoa hisoblanadi. Masalan, Paxtakor bilan to‘la tenglik, Neftchi to‘plar farqiga ko‘ra mag‘lub etilgan. OKMK va Navbahordan ko‘proq ochko ishlab olingan.   

Nasaf’ga chempionlik uchun 5 ochko yetmadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Qarshida kutilmaganda quyidagi o‘yinlarda ochko yo‘qotdi: 

Nasaf 0:1 Andijon

Nasaf 0:0 Qizilqum 

Nasaf 0:1 Bunyodkor 

Nasaf 0:0 So‘g‘diyona 

Shuningdek, Nasaf Andijon bilan o‘zaro ikki o‘yinning o‘zidayoq 5 ochko boy berdi. Bunyodkor bilan o‘zaro ikki o‘yinda ham shuncha ochko yo‘qotildi. Qizilqum bilan o‘zaro ikki bahsda esa 4 ochkodan mahrum bo‘ldi. 

Neftchi butun mavsum davomida eng ko‘p durang qayd etgan jamoa bo‘ldi. Ya’ni, markaziy o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan Levchenko jamoasi, nisbatan oddiyroq o‘yinlarda eng ko‘p marta ochko yo‘qotdi.

Navbahor markaziy uchrashuvlarning birortasini o‘z foydasiga hal qila olmadi. O‘zaro to‘qnashuvlarda Neftchidan tashqari qolgan uch raqibga mag‘lub bo‘ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb