Superliga-2023. Yilning eng chiroyli goli uchun ovoz bering

Liga martdan boshlab noyabrga qadar har oyning eng chiroyli gollarini ekspertlar ovoziga ko‘ra aniqlab keldi. Endi navbat Superligada mavsumning eng chiroyli golini aniqlashga yetib keldi. 

Bu yo‘lda Metallurg hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev 2 ta goli bilan ishtirok etadi. U aprel hamda avgust oylarining eng chiroyli gollarini kiritishga erishgandi. Ahamiyatlisi — u har ikki chiroyli golini So‘g‘diyona darvozasiga urgandi. 

Andijonning 3 nafar futbolchisi bu borada raqobatlashadi: Sardor Abdunabiyev, Suhrob Berdiyev, Rubin Hebay. Mazkur uch futbolchi Superligada dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalar darvozasiga yo‘l topgani e’tiborga molik. 

Shuningdek, ro‘yxatda Olimpik’ning ikki hamda So‘g‘diyona’ning bir nafar futbolchisi bor. 

Nasaf 0:1 Andijon (Sardor Abdunabiyev)

So‘g‘diyona 2:2 Metallurg (Zabihillo O‘rinboyev) 

Andijon 1:2 So‘g‘diyona (Iskandar Shayqulov) 

Olimpik 1:2 Metallurg (Jasur Jaloliddinov)

Metallurg 3:1 So‘g‘diyona (Zabihillo O‘rinboyev) 

Andijon 1:1 Navbahor (Suhrob Berdiyev) 

Andijon 1:0 Paxtakor (Rubin Hebay)

Olimpik 2:1 Navbahor (Sherzod Esanov).

Yilning eng chiroylini golini aniqlashda Liga ekspertlari o‘z ovozi bilan ishtirok etadi. Shuningdek, Liganing Telegram'dagi rasmiy kanali orqali muxlislar o‘rtasida ham so‘rovnoma tashkil etiladi. Muxlislarning umumiy tanlovi 1 ta ovoz sifatida ekspertlar ovoziga qo‘shiladi hamda g‘olib aniqlanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb