Coca-Cola Superliga-2023. Mavsum futbolchisi bo‘lish uchun kurash davom etadi

Avvalroq Superligada mavsum futbolchisi bo‘lish uchun kurash olib borayotgan 9 nafar sportchi nomi keltirib o‘tilgandi. Endilikda ular orasidan ikki futbolchi — Jamshid Iskanderov hamda Shahzod Ubaydullayev kurashni to‘xtatdi.

Jamshid Iskanderov mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, Navbahor ishtirokidagi barcha — 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2234 daqiqa harakat qildi. Bu o‘yinlar davomida u 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda ham Iskanderov Navbahorning ichki va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. 

Shahzod Ubaydullayev esa yarim mavsum Superligada to‘p tepib, 13 ta bellashuvda 878 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt ichida futbolchi raqiblar darvozasiga 4 ta to‘p kiritdi. Yozga qadar esa u Belarus chempionatida ishtirok etgandi. 

Biz mazkur futbolchilarga 2024-yilgi mavsumda ulkan parvoz tilaymiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb