Neftchi, Surxon va Dinamo transfer oynasigacha faol harakat qildi

18-dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi va u 2024-yilning 24-fevraliga qadar davom etadi. 

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.4-bandiga ko‘ra klub qishki transfer oynasi davomida 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘tgan mavsumni Proligada o‘tkazgan klublar sifatida Lokomotiv va Dinamo uchun limit 15 tani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqilsa, Superliga klubi 18-dekabrga qadar yangi futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Bu imkoniyatdan Neftchi, Surxon va Dinamo klublari faol foydalanib, har biri 3 nafar yangi futbolchi bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishdi. Shundan kelib chiqib, ular transfer oynasi vaqtida davom etadigan imkoniyatni to‘liq saqlab qoldi. 

Neftchi
Shohruz Norxonov — 2024, dekabr (Buxoro) 
Sanjar Qodirqulov — 2024, dekabr (Lokomotiv) 
Manuchehr Safarov —  2025, dekabr (Lokomotiv)  

Surxon 
Sarvar Abduhamidov — 2025, dekabr (Metallurg)  
Ulug‘bek Hoshimov — 2025, dekabr (Neftchi) 
Nodirxon Ne’matxonov — 2025, dekabr (Neftchi)  

Dinamo
Humoyunmirzo Iminov — 2024, dekabr (Buxoro)
Akbarjon Ismatullayev — 2024, dekabr (Bunyodkor) 
Anvarjon Fayzullayev — 2025, dekabr (Yunired). 

Yana 5 ta klub bir nafar futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. 

Nasaf
Bobur Karimov — 2026, dekabr (Mash’al) 

OKMK
Giorgi Papava — 2025, dekabr (Gagra) 

Bunyodkor 
Rustamxon Azimov — 2025, dekabr (Turon) 

Metallurg
Rahimjon Davronov 2025, dekabr (Turon)

Qizilqum
Jamoliddin Ubaydullayev — 2024, dekabr (Buxoro).

Ma’lumot uchun, mazkur futbolchilarning barchasi o‘zining yangi klubiga erkin agent sifatida o‘tdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb