Coca-Cola Superliga-2023. Eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun da’vogarlar soni qisqardi

Superliganing 2023-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun sakkiz nafar mutaxassis kurash olib borayotgandi. Endilikda Surxon murabbiyi Sergey Arslonov hamda Metallurg ustozi Vesko Steshevich ochkolarga ko‘ra ro‘yxatdan chiqarildi.

Vesko Steshevich Metallurg’ni aprel oyida qabul qilib olgandi. Shundan kelib chiqilsa, mazkur mutaxassis mart oyida ochko jamg‘ara olmadi. U, shuningdek, sentyabrda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Liga Vesko Steshevich hamda Metallurg klubiga 2024-yilgi mavsumda omad tilaydi. 

Sergey Arslonov murabbiylik qilgan Surxon 2023-yil kashfiyoti bo‘ldi, deyish mumkin. Biroq sir emaski, Surxon muvaffaqiyatlarida Arslonovga boshqa mutaxassislar ham birdek yordam berdi. Qolaversa, Arslonov to‘plagan ochkolari eng yaxshi bo‘lish uchun kamlik qildi. Murabbiy noyabr oyiga kelibgina eng yaxshi bo‘lishga erishdi. Liga undan kelasi mavsumda ham faollik kutadi. Ishonamizki, Surxon 2024-yilda yanada yaxshiroq natija qayd etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb