“Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.4-bandiga ko‘ra klub qishki transfer oynasi davomida 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘tgan mavsumni Proligada o‘tkazgan klublar sifatida Lokomotiv va Dinamo uchun limit 15 tani tashkil qiladi.
O‘zbekistonda qishki transfer oynasi 18-dekabr kuni ochiladi va u kelasi yilning 24-fevralida yakuniga yetadi. Reglamentning yuqoridagi bandidan kelib chiqib, oldindagi 30 soat davomida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan futbolchi yuqoridagi limitga kirmaydi. Bu harakatni birinchilardan bo‘lib Surxon boshlagan bo‘lib, klub avgust oyidayoq ikki nafar futbolchi bilan 2024-yilning yanvaridan kuchga kiradigan mehnat shartnomasi imzolab ulgurgandi. 2023-yilgi mavsum yakuniga yetib borayotgan bir vaqtda qolgan klublar ham harakatni tezlashtirdi.
Ma’lumot uchun, futbol klubi 2005-yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilarni cheklovdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Bunda Superliga klubining umumiy futbolchilari soni 60 nafardan oshmasligi kerak.