Bunday butsalar soni Cheranda 5 taga yetdi

Serbiyalik hujumchi Coca-Cola Superliganing 2023-yilgi mavsumini ham to‘purar sifatida yakunladi. Buning uchun Cheranga 13 ta gol kifoya qildi. 

Dragan chempionatning 22 ta o‘yinida ishtirok etdi va umumiy 1789 daqiqa maydonda bo‘ldi. Ya’ni, har 137 daqiqada raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Gollarning 4 tasini penaltidan kiritdi. Biroq unutmaslik kerakki, uning gollarisiz Paxtakor naqd 17 ochko boy bergan bo‘lardi. Cheran ayniqsa asosiy raqobatchi hisoblangan Navbahor’ga qarshi har ikki o‘yinda ham gol urib, haqiqiy etakchi ekanligini isbotladi. 

36 yoshli futbolchi 2024-yilda ham Paxtakor sharafini himoya qiladi. To‘purarlik borasida garchi uning ko‘rsatkichlarida pasayish yuzaga kelgan bo‘lsa-da, Superligada besh yildan buyon uni quvib o‘tishi mumkin bo‘lgan boshqa hujumchi topilmayapti.

Dragan ketma-ket sakkiz mavsum davomida qarshisidan chiqqan 20 jamoaning barchasiga gol ura oldi. Eng so‘nggisi — Olimpik. Garchi Paxtakor mavsumni aynan Olimpikdan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lsa-da, ikkinchi davrada paxtakorchilar buning uchun o‘ch olishdi — Cheran ilk marta Olimpik darvozasiga yo‘l topdi. 

Dragan 2016-yilning yozidan buyon O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. Mamlakatimizdagi dastlabki yillarini Nasaf safida o‘tkazgan hujumchi, ikki yil ichida Paxtakor libosini kiydi. O‘tgan yillar davomida u chempionat doirasida 129 ta gol urishga erishdi. O‘zbekiston kubogida 13 ta golni o‘z nomiga yozdirdi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Dragan Cheranning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi. Biz ketma-ket beshinchi bor “oltin butsa”ni unga yetkazib berdik.

Quyida Dragan Cheran tomonidan 2023-yilgi mavsum Superligada urilgan barcha — 13 ta golni tomosha qilishingiz mumkin.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb