Dinamo plyus futbol klubi Yagona ta’sischisi 2023-yilning 11-dekabr kuni direktorga oid qaror qabul qildi. Shu kunga qadar klub direktori sifatida ishlab kelayotgan Qobilov Uchqun Abdisolievichning mehnat shartnomasi uning o‘z arizasiga asosan bekor qilindi.
Yagona ta’sischi qarori bilan futbol klubi murabbiyi Sharofetdinov Dilshod Aslievich zimmasiga direktor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.