Futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 20 kun ichida Liga ro‘yxatidan o‘tishi kerak

Liga futbolchi va murabbiylar bilan imzolanadigan mehnat shartnomalarini bosqichma-bosqich tartibga keltirdi. Odatga ko‘ra, futbol klubi futbolchi yoki murabbiy bilan imzolangan mehnat shartnomasini 30 kun ichida Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi lozim edi. Endilikda mazkur davr 20 kun etib belgilandi. 

FIFA talabiga ko‘ra, professional futbol klubi hamda futbolchi o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomasi 30 kun ichida maxsus platformada aks etishi va har bir futbolchiga maxsus raqam olinishi kerak. Liga bu ishni amalga oshirishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, futbol klubi mehnat shartnomasi imzolangan kundan boshlab 20 kun ichida uni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi shart. “Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.2-bandiga aynan shunday o‘zgarish kiritildi.  

Imzolanganiga 20 kundan oshgan shartnomani MyLeague elektron platformasiga yuklash imkoni mavjud bo‘lmaydi. Qo‘shimchasiga, reglament talabi vaqtida bajarilmagani uchun futbol klubiga jarima intizom chorasi qo‘llaniladi. Sanani qayta o‘zgartirish esa klubning futbolchi yoki murabbiy mehnatiga hal to‘lash masalasidan kelib chiqib, qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb