O‘zbekistonlik mutaxassislar “Fenerbahche” faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Ayni paytda O‘zbekiston klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan iborat delegatsiya Istanbulda bo‘lib turibdi.

Turk futbol klublari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur seminar doirasida vakillarimiz Turkiyaning grand klublaridan biri – “Fenerbahche”ga tashrif buyurishdi. Mazkur klubning infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirish, klubning ish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berish uchun “Fenerbahche”ning sport direktori Mario Branko, klubning seleksiya ishlariga mas’ul O‘kan O‘zkan, muxlislar bilan ishlash va chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yish uchun javobgar Tezjan Shayli, shuningdek, marketing va tijoriy masalalar bo‘yicha Egemen Ergyuden o‘z taqdimotlarini namoyish etishdi.

Juda qiziqarli va savol-javobga boy tarzda kechgan suhbatlar davomida o‘zbek mutaxassislari turk klubining o‘ziga xos ish uslubi haqida to‘liq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayniqsa, “Fenerbahche”ning skauting xizmati ish jarayoni, o‘yinchilarning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish uslubi va yosh futbolchilarni tarbiyalab, so‘ngra yanada katta ligalarga transfer qilish mexanizmi bilan tanishuv ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb