Buxoro klubi bosh direktor bilan shartnomani bekor qildi

Buxoro klubi Yagona ta’sischisi 2023-yil 23-noyabr kuni bosh direktorga oid qaror qabul qildi.

Shu kunga qadar klub bosh direktori sifatida ishlab kelayotgan Qodirov O‘tkir Olimovichning mehnat shartnomasi uning o‘z arizasiga asosan 2023-yilning 23-noyabridan e’tiboran bekor qilindi. Yagona ta’sischi qarori bilan bosh direktor o‘rinbosari Najmiddinov Amrilloxon Abdullaevich zimmasiga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb