Mirjalol Qosimov: OChLni inobatga olmasak, mavsumni yaxshi o‘tkazdik

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan OKMK – Nasaf (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alaba qozonishni juda ham istagandik. Chempionatni ijobiy natija bilan tugatish niyatida edik. Yil davomida ko‘p o‘yin o‘tkazdik, asabiylashishlar ko‘p bo‘ldi. Superliga tugadi, hamma charchagan edi. Endi ozgina dam olishimiz kerak. Ammo ikkinchi o‘rinni olishga imkonimiz bor edi. Fursatdan foydalanib, o‘z muxlislarimizga, futbolchilarimizga minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Bugungi uchrashuv juda ham qiziqarli bo‘ldi. Sariq kartochka, qizil kartochkalar ham bo‘ldi. Shunga qaramay, durang natija qayd eta oldik.

Mavsum yarmidan so‘ng juda ko‘p yo‘qotishlarga uchradik. Jarohatlar asosiy muammomizga aylandi. 70 foiz shogirdlarim muhim pallada jamoaga yordam bera olmadi.

Oxirgi turda ham 2-o‘rin olish uchun imkonimiz bor edi. Umumiy olib qarasak, yomon mavsum o‘tkazmadik, deb o‘ylayman. OChLni hisobga olmaganda, albatta.

Keyingi mavsum katta o‘zgarishlar bo‘ladimi? 4 dekabrda chempionlar ligasi doirasida o‘yinimiz bor. Ungacha esa hammasini vaqt ko‘rsatadi”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb