Yorqin Nazarov: Turon’ga kelganimdan afsuslanmayman

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan Qizilqum - Turon (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qizilqum ham, biz ham yoshlarga imkon berdik. Raqib gol urdi, biz esa penaltidan foydalana olmadik. Umuman olganda, teng uchrashuv bo‘ldi. Eng muhimi, chempionatni hech qanday jarohatlarsiz yakunladik. Jamoamiz Superligani tark etdi. Kelasi mavsum Pro ligada o‘ynaymiz. Hozircha yigitlarga dam beramiz.

Turon’ga kelganimdan afsuslanmayman. Vaziyat og‘irligini bilardim. Biroq menga va murabbiylar shtabiga bu erda ishlash katta tajriba bo‘ldi. Biz yig‘gan yoshlar oxirgi bellashuvlarda qo‘rqmasdan o‘ynashni boshladi.

Turon faoliyatini davom ettiradi va Pro ligada o‘ynaydi. Hozir rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak. Barchasini vaqt ko‘rsatadi”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb