Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan Andijon – Buxoro (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Albatta, muxlislarsiz o‘yinda nimadir yetishmaganligi bilinib turdi. Uchrashuv tomoshabinlar bilan bo‘lganida yanada jozibali bo‘lardi. Aytishim mumkinki, ishqibozlarsiz o‘yin zerikarli bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, bahsni yaxshi boshlashga harakat qildik. Lekin xatomiz qimmatga tushdi. Biz ham bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldik. Jamoamiz esa bundan foydalana olmadi. Mavsum tugadi, o‘rni kelganda barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bizga muxlislik qilishgani va qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat. Bu – futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Nima deyishim mumkin? Vazifani bajara olmadik. Endi bundan buyog‘iga nima qilishni rejalashtirib olamiz.
Keyingi maqsadlarim haqida nima deyishim mumkin? Agar klubda ishlaydigan bo‘lsam, jamoani Superligaga qaytarish asosiy vazifam bo‘ladi. Hozir esa keyingi vaziyat qanaqa bo‘lishini bilmayman. Bu biz uchun ko‘ngildagidek mavsum bo‘lmadi. Astoydil hammasini tahlil qilib chiqamiz va Buxoro’ni Superligaga qaytarish bo‘yicha vazifalarimizni belgilab olamiz. Mana shu bizni hozirgi rejamiz”, – dedi Baqoyev.