Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Surxon (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Muxlislarni va jamoadagilarni navbatdagi ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsumni g‘alaba bilan yakunlashni xohlagandik va muvaffaqiyatga erishdik. O‘ylaymanki, endi hotirjam tanaffusga chiqib, kelasi mavsumga tayyorlansak bo‘ladi.
O‘yinga keladigan bo‘lsak, to‘pni juda ham yaxshi nazorat qildik va o‘zimizda vujudga kelgan imkoniyatlardan yaxshi foydalanib, 3 ochko qo‘lga kiritdik. Umumun olganda, mavsumni 6-o‘rin bilan yakunladik. Mazkur natija butun jamoa uchun muhim edi”, – dedi Arslonov.