Rade Petrovich: Surxon g‘alabaga haqli o‘ynadi

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Surxon (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Rade Petrovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bizda bir qancha yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, gol ura olmadik. Bizning raqib ajoyib jamoa va yaxshi mavsum o‘tkazdi. Ular ikkita yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi va bugungi uchrashuvda g‘alabaga loyiq edi.

Kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bugungi o‘yinda bir qancha yosh futbolchilar jamoamizda debyutini nishonladi. Nasib qilsa, keyingi mavsum So‘g‘diyona yana ham yaxshiroq jamoaga aylanadi”, – dedi Petrovich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb