Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Neftchi – Qizilqum (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birgina yo‘l qo‘yilgan katta xato bellashuv taqdirini hal qildi. Umuman, ko‘rsatgan o‘yinimizdan mamnunman. Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.
O‘tish bahsida ishtirok etmaslik uchun bugun Neftchi’dan, Navoiyda Turon’dan ustun kelishni reja qilgan edik. Nazariy jihatdan So‘g‘diyona Qarshida yengilishiga umid qilgan edik. Umid qilgan edik, biroq biz o‘z vazifamizni bajara olmadik”, – dedi Saidov.