Ro‘ziqul Berdiyev: Bu mavsum Nasaf uchun har yilgidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi

Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Nasaf – So‘g‘diyona (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Raqib 1 ochko olishni istagan edi. Bizning vazifa esa ularning ushbu rejasini buzishdan iborat edi. Gol kiritganimizda, o‘yin biroz yengil o‘tardi. Afsuski, bu amalga oshmadi. So‘g‘diyona qanchalik vaqt cho‘zgani yoki durang uchun harakat qilgani haqida, gapirmasam ham bo‘ladi. Bu hech bir jamoaga yarashmaydi.

Yetakchilarning ba’zilari yo‘qligi va Nasrullayevning jarohat olib maydonni tark etishi rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Shunga qaramay, ikkinchi taymda raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtira oldik, ammo qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Shifokorlarning ta’kidlashicha, Sherzodning burni shikastlangan. Umid qilamanki, Al Faysaliga qarshi bahsda jamoamizga yordam bera oladi.

Boshkovich meni ustoz deb bilmasa kerak. U Nasaf’da o‘ynagan vaqtda men yordamchi murabbiy edim. Bosh murabbiy bo‘lganimda esa u jamoani tark etgan edi. So‘g‘diyona bizning g‘oyamizni o‘rganib, bizdan ustunlik qildi deb o‘ylamayman. Bizga qarshi ko‘plab jamoalar aynan shunday harakat qilishadi. Vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda, hozir bu haqida gaplashib o‘tirmagan bo‘lar edik.

Superligada bundan ham yaxshiroq qatnashishimiz mumkin edi. Ba’zi bellashuvlarda barqarorlik yetishmadi. Medallarga ega chiqishimiz kerak. Faqat chempionatni emas, umumiy mavsum haqida gapirsak, bu mavsum Nasaf uchun har yilgidan ham yaxshi o‘tdi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb