Vesko Steshevich: O‘rinboyevning yo‘qligi sezilmoqda

Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Bunyodkor – Metallurg (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. O‘ylashimcha, bugun raqibdan yaxshi harakat qildik. Bir vaziyatni o‘ztkazib yubordik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Bahs so‘nggiga qadar kurashdik, ammo muvozanatni tiklay olmadik. O‘tgan tur Surxon ham yagona xatomizdan foydanib ketgan edi. Bugun Bunyodkor bilan bellashuvda ham holat takrorlandi. Jamoamning o‘yinida pasayish bor deb o‘ylamayman.

Afsuski, gol kirita olmayapmiz. O‘rinboyevning yo‘qligi ham sezilmoqda. Bugun sog‘lig‘i bilan muammolar sabab G‘ofurbekov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmadi”, – dedi Steshevich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb