Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Turon – Andijon (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, faqat natijadan ko‘nglim to‘ldi. Mening nazdimda, biz o‘yin sifati bo‘yicha yanada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Birinchi taymdagi qizil kartochkadan keyin yanada yaxshiroq o‘ynashni boshladik. Lekin ayrim vaziyatlarda xatolar ham bo‘ldi. Shunday ekan, uchrashuvning natijasidan ko‘nglim to‘ldi, biroq o‘yinni tashkil qilish bo‘yicha ko‘nglim u qadar to‘lgani yo‘q.
Bir tomondan qaraganda, o‘yinchilarimni ham to‘g‘ri tushunaman. Mavsum o‘z yakuniga etmoqda. O‘z maydonimizda OKMKga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotgandik. O‘sha mag‘lubiyat o‘yinchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Tiklanish jarayoni qiyin kechdi. Qisqa qilib aytganda, futbolchilarimiz qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Ularni ham tushunish mumkin. Oldimizda yana bitta o‘yin bor. O‘ylaymanki, o‘z maydonimizdagi yopilish o‘yinimizda kerakli natijani qo‘lga kiritamiz.
Bilasizmi, Rubinni jamoamiz bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Men shuni bilamanki, Paxtakor klubimizga rasman murojaat qilmadi. Shunday ekan, bu borada hech qanday fikr bildira olmayman”, – dedi Xomyakov.