Mirjalol Qosimov: Finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni ruhan tayyorlash oson bo‘lmadi

Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Buxoro – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Har taraflama qiyin bahs bo‘ldi. Finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni o‘yinga ruhan tayyorlash oson bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Buxoro quyi ligaga tushib ketganiga qaramay, yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Mavsum so‘nggida charchoq alomatlari ham sezilmoqda. Shu sababli og‘ir uchrashuv bo‘ldi”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb