Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan Buxoro – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiziqarli bellashuv ko‘rdik. Gollar kiritishimiz mumkin edi, ammo kirita olmadik, mehmonlar esa to‘p kiritdi va g‘alaba qozondi. Mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
Klub bilan amaldagi shartnomam mavjud. Kelgusi mavsum uchun raqobatbardosh jamoa shakllantirib, Superligaga qaytish uchun harakat qilamiz”, – dedi Baqoyev.