Muxsin Nizomiddinov: Hali oldinda jiddiy o‘yin kutib turibdi

Coca-Cola Superliga o‘tish o‘yinlari doirasidagi Qo‘qon-1912 - Mash’al (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) uchrashuvidan so‘ng qo‘qonliklar bosh murabbiyi Muxsin Nizomiddinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Mash’al yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda bir nechta futbolchilarimiz ayrim epizodlarda e’tiborni yo‘qotishdi. Tanaffusdan so‘ng esa o‘zgarishlarni amalga oshirib, o‘yinning borishini o‘zgartirdik.

Oldinda jiddiy bahs kutib turibdi. Superligaga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz. Hali niyatimizga etganimiz yo‘q. Shu tempda harakat qilsak, so‘nggi bellashuvni ham o‘z foydamizga hal qilamiz”, – dedi Nizomiddinov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb