Asror Aliqulov: Kelgusi mavsum kurashuvchan jamoa shakllantiramiz

Coca-Cola Superliga o‘tish o‘yinlari doirasidagi Qo‘qon-1912 - Mash'al (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mavsum so‘nggida 120 daqiqa o‘ynash jismoniy kuchdan tashqari xarakter ham talab etadi. O‘ylaymanki, futbolchilar buni ko‘rsata olishdi. Penaltilar seriyasi esa bu lotereya. Qo‘qon-1912 futbolchilari ruhiy jihatdan biznikilardan kuchliroq ekan va yurishimizni ikkinchi bosqichda yakunladik.

Jamoa oldiga yuqori vazifalar qo‘yish uchun yaxshi ijrochilar lozim. Har bir chiziqda liderlar bo‘lishi kerak. Kelgusi mavsum seleksiya qilib, kurashuvchan jamoa shakllantirishni maqsad qilganmiz", — dedi Aliqulov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb