Timur Kapadze: Futbolchilar men istagan o‘yinni ko‘rsata olishmadi

Coca-Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan Surxon – Olimpik (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv davomida o‘yin nazorati to‘liq bizda bo‘ldi. Vaziyatlar ham ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Surxon qarshi hujumda bizni jazolamoqchi bo‘ldi. Bu qaysidir epizodlarda o‘xshadi. Bugun kamida durangga loyiq edik, ammo futbol shunday. Mezbonlar zich himoyalandi. Bunday himoyani yorib o‘tish qiyin. Bundan ham yaxshiroq o‘ynasak bo‘lardi. Birinchi taymda ham, ikkinchisida ham asosan qanotlardan hujumlar uyushtirdik. Boisi, Surxon markazni yopgan edi. Bunday vaqtda individual harakatlar yorib o‘tish uchun imkoniyat yaratar edi. Ayrim futbolchilar men istagan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.

Olimpik haqida tarqalgan turli xabarlar feyk. Hozir barcha o‘zining odatiy ish tartibida davom etmoqda. Bu narsa haqida o‘ylab ko‘rmaganmiz ham.

Kelgusi mavsum futbolchilar kamida birinchi davra shu yerda o‘ynagani yaxshi bo‘ladi. Xorijda to‘p tepadigan futbolchilar bilan muammolar yetarlicha. Boisi, aprelda FIFA kunlari yo‘q va bu kattagina muammo tug‘diradi”, – dedi Kapadze.

mib
uzcard
cola
apex
bmb