Sho‘rtan klubining buguni haqida

2013-yildan keyin boshqaruv tizimi tub islohotlarga muhtoj bo‘lib qolgan va oqibatda katta qarzdorlik bilan yashayotgan Sho‘rtan 2020-yilda klub bosh menejeri sifatida Shamil Yarulinni tanishtirdi. Pro ligada faoliyat olib borayotgan Sho‘rtan so‘nggi uch yilda katta hajmdagi ish bajardi:

Jumladan: sobiq futbolchi va murabbiylardan qolib kelayotgan barcha qarzdorlik bartaraf etildi;

•  tashkilot va korxonalar oldida vujudga kelgan qarzlar, ularning vaqtida to‘lanmasligi oqibatida paydo bo‘lgan penyalar to‘liq yopildi;

•  FIFA diqqat markazida turgan legioner futbolchilar bilan bog‘liq barcha ishlar yopildi;

•  COVID sabab 2020-yilda shifo markaziga aylantirilgan klub bazasi va sport majmuasi qayta faoliyat boshladi, natijada Sho‘rtan akademiyasi o‘z faoliyatini tikladi;

•  Sho‘rtan Pro liga vakili bo‘lsa-da, OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi;

•  klub qoshida tikuv tsexi faoliyat boshlagan bo‘lib, bugunga kunga kelib mazkur tsex barcha yosh toifasidagi jamoalarni o‘zi ekipirovka bilan ta’minlaydi;

•  Liga talabidan kelib chiqib, stadion projektorlari yorug‘ligi darajasi 1400 lyuksga etkazildi.

Bu vaqt davomida Sho‘rtan legionerlar, qimmat futbolchilar haqida emas, poydevor haqida qayg‘urdi. Stadion, akademiya, bazadagi avariya holatida bo‘lgan ayrim ob’ektlar moderenizatsiya qilindi. Endi 2024-yildan boshlab Sho‘rtan sekin-asta nisbatan raqobatbardosh tarkib shakllantirishni rejalashtirgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb