Mirjalol Qosimov: OChLdan so‘ng o‘zimizga kelishimiz qiyin kechmoqda

Bugun O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qarshidagi Markaziy stadionda kechgan bellashuvda mezbonlar yagona gol evaziga sovringa ega chiqdi. Bahs taqdirini Javohir Sidiqovning 71-daqiqada penaltidan kiritgan goli hal etdi. O‘yindan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qisqa gapiraman. Nasafni kubok bilan tabriklayman. Bugun kimdir yutishi kerak edi. Izoh o‘zingizdan…

Chempionlar ligasidan keyin ruhan qaytish oson bo‘lmayapti. Shunga qaramay, yigitlar yaxshi o‘ynashdi. Keskin vaziyatlar kamligiga kelsak, futbol basketbol emas-ku. Bu tabiiy holat”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb