Ro‘ziqul Berdiyev: Ertaga Qarshi uchun tarixiy o‘yin bo‘ladi

Bilasiz, ertaga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Qarshining Nasaf jamoasi Olmaliqning OKMK klubiga qarshi bahs olib boradi. Bugun mazkur bellashuv oldidan Markaziy stadionda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda jamoa etakchilari Marko Stanoyevich va Zafarmurod Abdirahmatov ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Bu Qarshi shahri uchun tarixiy o‘yin. Birinchi bor final bizning uyimizda o‘tkazilmoqda. Yigitlar o‘yinga shay. Ertaga g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Biz allaqachon Superkubokni qo‘lga kiritib bo‘ldik. Ertangi bahsda ham, chempionat oxirigicha ham maqsadimiz barcha turnirlarda yaxshi qatnashish. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Ertangi o‘yin og‘ir bo‘ladi. OKMK jamoasi tajribali va hujum chizig‘i eng kuchli klublardan biri bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, muxlislarimizni o‘z uyimizda xursand qilishga harakat qilamiz.

Penaltilar eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri. Shuning uchun buning ustida alohida tayyorgarlik ko‘rdik.

Final uyda o‘tayotgani jamoaga qo‘shimcha bosim ham yuklaydi. Buning javobgarlik hissi bor. Lekin Nasaf finallarda etarlicha tajriba to‘plagan. Menimcha, yigitlar ertaga ruhan tayyor bo‘lishadi.

Finalga tayyorlanish jarayonida OKMK jamoasining yil boshidan beri o‘tkazgan barcha o‘yinlarini tahlil qilib chiqdi. Faqatgina yigitlarga chempionlar ligasidagi oxirgi bahsni ko‘rsatmadik. Chunki bu biz bilgan OKMK jamoasi emas. Ular tajribali va kuchli jamoa sifatida shakllanishgan. Olmaliqliklar kubok finaligacha bekorga etib kelishmadi.

Zafarmurod Abdirahmatov: Jamoa bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Ertangi o‘yinga tayyormiz. G‘alaba uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini qilamiz.


Marko Stanoyevich: Har bir uchrashuv biz uchun finalga teng. Ertangi o‘yinga tayyormiz. Muxlislarimizni xursand qilishni istaymiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb