Coca-Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan Buxoro – Olimpik (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugungi bahsda uchta muhim vaziyatga ega bo‘ldik. Aynan ushbu holatlar uchrashuvning borishini o‘zgartirib yuborishi lozim edi. Ularni gapirib o‘tirishning foydasi yo‘q, muxlislar barchasiga guvoh bo‘lishdi. Yigitlar uchun afsusdaman, ular qattiq mehnat qilishdi.
Mavsum davomida 5-6 muhim bellashuvda imkoniyatni boy berdik. Agar, o‘sha ochkolarni qo‘lga kiritganimizda, balki Superligadan chiqib ketmagan bo‘lar edik. Biroq hozir bahona izlash shart emas. Kimnidir aybdor qilmayman. Men murabbiyman hamda natijaga javob beraman”, – dedi Baqoyev.