Vitaliy Levchenko: Derbilar doim shiddatli o‘tadi

Coca-Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan Turon – Neftchi (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Derbilar doim shiddatli o‘tgan va bugun ham bunga guvoh bo‘ldik. Bunday bahslar printsipial ahamiyat kasb etadi. Bugun penalti ham, qizil kartochka ham ko‘rdik. Shu sababli bellashuv muxlislarga ma’qul bo‘ldi deb o‘ylayman.

To‘rayev kechagi mashg‘ulotda oyog‘ida og‘riq sezdi, unda kichik jarohat bor edi. Unga dam olish imkonini berishga qaror qildik. U jamoamiz sardori va kelgusi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugun yoshlardan Valiyev maydonga tushdi. U21 tarkibimizdan bir qator futbolchilarni tarkibga jalb qildik. Ular mashg‘ulotlarda ishtirok etib, moslashmoqdalar. Ammo bu tez sodir bo‘ladigan jarayon emas. Umidli yoshlarimiz bor, kelgusida ularga ko‘proq imkoniyat berishimiz mumkin.

Larin uzoq vaqt o‘ynamadi va asta-sekin maydonga qaytmoqda. Oleksiy uchrashuvni asabiy tarzda boshladi, ko‘plab xatolar qildi. Tanaffusda undan bosiqlikni so‘radim. Jarohatdan qaytganidan so‘ng futbolchiga biroz vaqt kerak.

Qabul qilib olgan ikki mag‘lubiyatdan so‘ng ham taslim bo‘lmaymiz. To‘g‘ri, natijalar alamli bo‘ldi va ruhiya jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi bellashuv esa futbolchilar hali qo‘llarini tushirmaganliklarini, yaxshi kayfiyatda ekanini ko‘rsatib berdi. Sovrindorlar safida joy olsak, albatta bundan xursand bo‘lamiz”, – dedi Levchenko.

mib
uzcard
cola
apex
bmb