Coca-Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan Turon – Neftchi (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Farg‘ona viloyati derbisida hisob yirik ko‘rinish olgan bo‘lsa ham shogirdlarim qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishdi. Oldinda ikkita uchrashuv kutib turibdi. Andijon’dan 3 ochko olsak, bizni oldinda Qizilqum’ga qarshi bahs kutib turibdi. Ushbu ikki bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Murtozaev jarohatidan yaqinda forig‘ bo‘ldi. 3-4 ta mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Uning aynan tayyorgarlik jarayonidagi mehnatlarini ko‘rib, tarkibga kiritgan edik. Ammo, bugun ko‘rindiki, hali tiklanib ulgurmagan va shu sababli uning o‘rniga Xolmurodovni maydonga tushirdik.