9-noyabr kuni Birinchilik kubogining 6-turi doirasida Chig‘atoy —Paxtakor-79 jamoalari maydonga chiqishi kerak edi. Biroq Paxtakor-79 jamoasining qator futbolchilarida shartnomalar bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Shuni inobatga olgan holda Liga Chig‘atoy’ga qarshi bellashuvni bekor qilib, mezbonlarga texnik g‘alaba yozishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Birinchilik kubogining A guruhida kurash olib borayotgan mazkur jamoalarda yarim finalga yo‘l olish imkoniyati mavjud emas. Guruhni Jizzax jamoasi muddatidan avval peshqadam sifatida yakunlagan.