Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi bo‘limda o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Bizda ham, mezbonlarda ham etarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa tezkor qarshi hujumni o‘tkazib yuborib, darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Futbolchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, – dedi Baqoyev.