Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Surxon” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘ylashimcha, hisob adolatli bo‘lmadi. Raqibning tezkor qarshi hujumidan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik. Ularda birinchi bo‘limda ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgan edi. Hisobni tenglashtirishga ulgurmadik”, – dedi Steshevich.