Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Surxon” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoamizni muhim va qiyin g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkala klub ham bugun g‘alaba qozonishni istadi. “Metallurg” tajovuzkor o‘yin ko‘rsatdi va faol harakat qildi. “Navbahor”dan uchralgan mag‘lubiyatni og‘ir qabul qilgan edik, bugun esa futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi”, – dedi Arslonov.