Vitaliy Levchenko: Penaltidan so‘ng o‘yinning borishi o‘zgarib ketdi

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Olimpik” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Penaltini golga aylantirganimizda, o‘yinning borishi boshqacha kechardi. Ammo, foydalana olmadik va tezda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Uchrashuv borishi, tubdan o‘zgarib ketdi.

Nikabadze va Arabulidan ko‘prog‘ini kutgan edik. Biroq, bugungi mag‘lubiyatda faqat ularni ayblab bo‘lmaydi. Ular o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynashmoqda. Jamoa engilganida uning atrofida  negativ fikrlar ko‘payadi. Buni ichki muhokamada hal etamiz. Barcha xato qiladi. Hayot bu bilan to‘xtab qolmaydi, davom etish kerak. To‘raev sababli mag‘lub bo‘ldik deyish, xato. Badjo ham JChda penaltidan gol kirita olmagan.

Mavsum yakunida barchada bosim bo‘ladi, har bir jamoaga ochko zarur. Ko‘pchilik shu bosimdan chiqib keta olmaydi. Qo‘shimchasiga, omad ham bizni tark etgandek”, – dedi Levchenko.

mib
uzcard
cola
apex
bmb