Timur Kapadze: G‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Olimpik” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 “G‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik. Uchrashuv oldidan bosim bor edi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Balki, penalti golga aylanganida vaziyat boshqacha ko‘rinish olishi mumkin edi, ammo futbolchilar birinchi bo‘limdanoq yaxshi harakat qilishdi.

Bo‘riyevning o‘rnida to‘p tepgan futbolchi yomon harakat qilmadi. Albatta, qaerdadir kamchiliklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Neftchi” bunga imkon bermadi. Jaloliddinov ham indvidual tarzda epizodlarni hal qilishi mumkin, biroq bizda jamoaviy o‘yin yo‘lga qo‘yilgan. Ularning o‘rniga maydonga tushgan futbolchilar ham o‘ynab keta olishadi.

“Olimpik” tarkibi har mavsum o‘zgarib turibdi. Jaloliddinov va Ibragimovni inobatga olmasa, qolgan o‘yinchilar o‘z jamoalarida asosiy futbolchi emasdilar. Ularni jamoamizga jalb qilib, o‘stirishga harakat qildik. Terma uchun ko‘p futbolchilar bo‘lgani yaxshi. 3 yil ichida bir qancha futbolchilar kuchli jamoalar safida o‘ynashmoqda. Terma jamoaga esa munosiblar chaqiriladi. Kelgusi yil nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Mavsum so‘nggida keyingi rejamizni rahbariyat bilan ko‘rib chiqamiz”, – dedi Kapadze.

mib
uzcard
cola
apex
bmb