Maksim Shatskix: Muxlislar futboldan zavq olishdi

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bahs barchaga manzur bo‘ldi, deb hisoblayman. Aynan shunday uchrashuvlar ko‘paysa, muxlislar tashrifi ham oshadi. Bellashuvda ustunlik bizda bo‘ldi. Mehmonlar dastlabki taymda bir bor oldinga o‘tdi va gol kiritdi. Bu alamli, ammo futbolda uchrab turadigan holat. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq agressiv harakat qildik. Muhimi, stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar futboldan zavq olishdi.

Cheran jamoa sardori va yetakchisi. U maydonga tushganidan so‘ng sxemani o‘zgartirdik. Draganni ikki himoyachi qo‘riqlaydi va natijada raqibda ochiq zonalar paydo bo‘ladi”, – dedi Shatskix.

mib
uzcard
cola
apex
bmb